Lidlar bizdan, sotuv sizdan
ProEcom sotuv menejeri qidirmoqda. Seminar, vebinar yoki reklamadan keyin o‘zi ariza qoldirgan tadbirkorlar bilan ishlaysiz va ularga Uzum marketda savdo qilishni o‘rgatadigan kursni tanlashda yordam berasiz.
Qayerda ishlaysiz
ProEcom marketpleyslarda savdo qiladiganlar uchun ekotizim: ta’lim, konsalting, tadbirkorlar klubi, biznes-turlar va fulfilment. Sotuv bo‘limi Academy yo‘nalishida ishlaydi. Hozir 27-oqimga qabul ketmoqda.
Mijozlaringiz do‘kon egalari, Uzum’da allaqachon sotayotganlar va qo‘shimcha daromad izlayotgan odamlar. Suhbat tasodifiy xarid haqida emas, biznes haqida bo‘ladi.
- Academysizning bo‘limingiz
- Consultingbiznes uchun strategiya
- Clubtadbirkorlar hamjamiyati
- Tourbiznes tashriflari
- Fulfillmentsaqlash va yetkazish
- Hotsalepromo va tezkor savdo
Nima qilasiz
- Yangi arizalar bilan telefon va Telegram orqali bog‘lanasiz
- Mijozga nima kerakligini aniqlab, ofisda yoki onlayn konsultatsiya o‘tkazasiz
- Mijozni to‘lovgacha olib borasiz va o‘qishga topshirasiz
- O‘ylab ko‘rayotganlarga qayta chiqasiz, birorta arizani yo‘qotmaysiz
- Har bir mijozni CRM’da yuritasiz
Biz nima beramiz
- Fiks oylik va har bir sotuvdan foiz3,5 mln so‘mgacha fiks va sotuvdan 6–7% gacha
- Marketingdan keladigan arizalarSeminar, vebinar va target. Lidlar menejerlar o‘rtasida teng bo‘linadi
- Kirish treningiBirinchi qo‘ng‘iroqlargacha mahsulot, skriptlar va CRM
- Aniq karyera yo‘liJunior’dan bo‘lim rahbarigacha besh bosqich
- E-commerce bilimiUzum marketda savdo qanday ishlashini o‘rganasiz
Qayergacha o‘sish mumkin
Bo‘limda besh bosqich bor. Keyingisiga o‘tish ish stajiga emas, natijangizga bog‘liq.
- 01Junior sales managerStart: o‘rganish va birinchi sotuvlar
- 02Sales managerTo‘liq sotuv sikli
- 03Senior sales managerMurakkab mijozlar va konsultatsiyalar
- 04Team LeadO‘z menejerlar jamoasi
- 05ROPSotuv bo‘limi rahbari
Kimni qidiryapmiz
- Sotuvda tajribaTelefon, do‘kon yoki onlayn. Tajribasiz nomzodni ham ko‘rib chiqamiz, start Junior bosqichidan
- O‘zbek tilida ravon va ishonchli nutqRus tilini bilish ustunlik beradi
- Tinglash va savol bera olishMijoz o‘zini tushunishganda sotib oladi
- CRM va muddatlarda tartiblilik
- Haftada 6 kun, 10:00–19:00 yoki 14:00–21:00 smenada ishlashga tayyorlik
Ish haqida ochiq gap
- Har bir menejerda sotuv rejasi bor va natija har hafta hisoblanadi.
- Yangi oqim zapuski kunlari arizalar va qo‘ng‘iroqlar odatdagidan ancha ko‘p bo‘ladi.
- Daromadning katta qismi sotuvingizga bog‘liq. Faqat fiks bilan yaxshi daromad chiqmaydi.
Shu sizni cho‘chitmasa, aksincha qiziqtirsa, yo‘limiz bir.
Tanlov qanday o‘tadi
Anketa
Pastdagi formani to‘ldirasiz. Taxminan ikki daqiqa ketadi.
HR qo‘ng‘irog‘i
Anketa mos kelsa, HR qo‘ng‘iroq qilib tajriba va kutilmalarni aniqlaydi.
Ofisda suhbat
Jamoa rahbari bilan uchrashuv va qisqa rolli sotuv.
Trening va start
Kirish treningi, keyin murabbiy yonida birinchi arizalar.
Bizning manzilimiz
Suhbatlar ofisda o‘tadi.
Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Orzu chorrahasi kesishmasi, 2A
- «Texnomart» binosi, 3-qavat
- Eng yaqin metro: «Beruniy»
Nomzod anketasi
Qisqa javob bering. Tafsilotlarni telefonda gaplashamiz.
- Rezyume va rasm kerak emas
- Yulduzchali maydonlar majburiy
- Savollar uchun: +998 55 513 47 07
Ko‘p beriladigan savollar
Daromad qanday hisoblanadi?
Daromad ikki qismdan iborat: 3,5 mln so‘mgacha fiks oylik va har bir sotuvingizdan 6–7% gacha foiz. Sizning bosqichingiz uchun aniq shartlarni suhbatda ko‘rsatamiz.
Mijozlarni o‘zim qidirishim kerakmi?
Yo‘q. Arizalar seminar, vebinar va reklamadan keladi va menejerlar o‘rtasida teng bo‘linadi. Vazifangiz har birini sifatli ishlash.
Sotuvda tajribam yo‘q. Anketa topshirsam bo‘ladimi?
Bo‘ladi. Tajriba ustunlik beradi, lekin tajribasiz nomzodlarni ham ko‘rib chiqamiz. Junior bosqichidan boshlaysiz va kirish treningidan o‘tasiz.
Ofis qayerda?
Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Orzu chorrahasi kesishmasi, 2A, «Texnomart» binosi, 3-qavat. Eng yaqin metro: «Beruniy».
Masofadan yoki yarim kun ishlasa bo‘ladimi?
Hozir vakansiya faqat ofisda, to‘liq kun, haftada 6 kun, 10:00–19:00 yoki 14:00–21:00 smenada.